“Arxiv faxriylarini e’zozlab”

157

2019 yil 25 oktyabrda O‘zbekiston arxivlar tizimining 100 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy arxivida faxriy ustozlarni taqdirlashga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “O‘zarxiv” agentligining O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining  100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha  chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirildi. Tadbirni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov bayram tabrigi bilan ochib berib, arxiv faxriylarini ushbu shonli sana bilan samimiy qutladi va ularni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimidan so‘ng, O‘zbekiston Milliy arxivi rahbariyati va xodimlarining tashabbusi bilan arxiv faxriylari uchun bayramona dasturxon tayyorlandi.

O'rtoqlashing