Arxivning funksiya va vazifalari

Arxivning asosiy funksiyalari

  • Arxiv hujjatlarini jamlash;
  • Hujjatlar hisobini yuritish;
  • Hujjatlar saqlovini ta’minlash;
  • Arxiv hujjatlaridan foydalanish

Arxivning asosiy vazifalari

  • Arxivning faoliyatiga tegishli hujjatlar bilan jamlab borish;
  • Arxivning hisob tizimi va ilmiy-ma’lumotnoma apparatini takomillashtirish;
  • Arxivda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarin saqlash va butligini ta’minlash;
  • Arxivning axborot bazasini kengaytirib borish;
  • Arxiv hujjatlaridan keng kamrovli foydalanish va nashr etishni tashkil etish;
  • Arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni olib borish;
  • Idoraviy arxivlar ishini tashkil etishda ilmiy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.

O‘zR MDAda o‘quv xonasi va elektron kutubxona faoliyat ko‘rsatib, tadqiqotchilardan qabul qilingan hujjatlarni olishga bo‘lgan talabnomalar 24 soat davomida ko‘rib chikiladi va bajariladi. O‘quv zali soat 9:00 dan 17:30 gacha tanafussiz va tushliksiz dam olish kunidan tashqari har kuni ishlaydi. O‘quv xonasida foydalanish uchun yig‘majildlarga buyurtma berish miqdori quyidagicha belgilangan: bir kunda 10 tadan ortiq yig‘majild olish, aloxida kimmatli hujjatlar uchun 5 tadan ko‘p bo‘lmagan yig‘majildlar olish va noyob hujjatlar uchun bir kunda 1 ta yig‘majild.

Shuningdek, tadqiqotchilar arxivning ilmiy kutubxona manbalaridan foydalanishlari mumkin. O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha)ga oid adabiyotlar bor. Ularga quyidagi nashrlarni kiritishimiz mumkin. Bular “Turkiston o‘lkasi savdo masalalarga oid hujjatlar” (1873 yil), “Sirdaryo va Semirechin viloyatini boshqarish Nizomi loyihasi” (1880 yil), “Yuqori nazorat tekshiruvi hisoboti”, “Turkiston o‘lkasi maxfiy maslahatchisi Girsa”(1883 yil), “Sirdaryo viloyatining tahliliy hujjatlar to‘plami” (1891 yil), “Senator graf Gofmeystr K. K. Palen buyrig‘iga asosan tayyorlangan Turkiston o‘lkasi nazorat tekshiruvi hisoboti” (Uezd boshqaruvi) (1910-1911 y.y.) va boshqalar.