Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi 1958 yilda, 1931 yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi Markaziy Davlat arxivi va Tarixiy davr Markaziy Davlat arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi respublika miqyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. O‘zR MDA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha yagona markaz hisoblanadi.

Bugungi kunda arxivda 4 mingga yaqin fondlar saqlanib, ulardan 200 dan ortig‘i fuqarolarning shaxsiy fondlardir. Arxivda umumiy xolda 1 mln. 700 mingdan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta kimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vakf hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid.