Davlat hisobi va ilmiy axborot apparati” bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida hujjatlardan foydalanishda “Davlat hisobi va ilmiy axborot appparati” bo‘limi faoliyati muxim o‘rin egallaydi. Bo‘lim tarkibida “Hujjatlarni elektron nusxasi va katalogini yaratish” sektori va “Bosma nashrlar hujjat saqlovxonasi” faoliyat yuritadi. Bo‘lim tarkibida 16 ta xodim ish faoliyati olib bormoqda. Shulardan 9 ta xodim oliy ma’lumotli, 7 ta xodim o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.

Bo‘limning asosiy vazifalari

  • davlat arxivida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlariga ilmiy ma’lumotnoma apparatini tuzish va uni takomillashtirish;
  • davlat arxivi saqlovidagi hujjatlarning hisobini olib borish;
  • davlat arxivi saqlovidagi hujjatlarning ilmiy-axborot apparati sistemasining rivojlantirishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
  • ma’lumotnoma-axborot fondidan foydalanishni tashkil qilish;
  • bosma nashrlardan foydalanish va ularning saqlovini ta’minlash;
  • o‘z vakolati doirasida foydalanish uchun hujjatxonadan olingan arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlash va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi:

  • davlat arxivi hujjatlari ilmiy-axborot apparati tizimini rivojlanishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • hujjatlarning mavjud ro‘yxatlarini takomillashtirish va qayta ishlashni amalga oshiradi;
  • hujjatlarni tizimli, mavzuli va elektron kataloglarini tuzish ishlarini olib borish;
  • hujjatlar ro‘yxati to‘liqligini hisobga olish varaqasini olib borish;
  • davlat arxivi fondlari bo‘yicha yo‘lko‘rsatgichlar, sharhlar, ma’lumotnomalar, ko‘rsatgichlar tayyorlash;
  • ma’lumotnoma-axborot fondini jamlash va hisobini olib borish, undan foydalanishni tashkil qilish;
  • bosma nashrlarni, o‘rnatilgan tartibda davlat arxivi “O‘quv zali” foydalanuvchilarga va arxiv xodimlari uchun ish joylariga berilishini ta’minlash;
  • katalog va bosma nashrlarni favqulodda vaziyatlarda o‘rnatilgan tartibda himoyalash uchun tayyorlash va himoyani amalga oshirish;
  • bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha masalalarni direksiya va boshqa davlat arxivi kengashuv organlariga muhokama uchun olib chiqish xamda vakolat doirasida qabul qilingan qarorlarni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘zR MAF hujjatlarining elektron kataloglarini yaratish va alohida qimmatli hujjatlarning elektron sug‘urta nusxalarini yaratish va ularning hisobini olib borish, ularni yagona elektron bazada jamlash.

Arxiv hujjatlarini elektron nusxasini yaratish ishlari xozirgi kunda tarixiy ahamiyatga ega o‘ta qimmatli hujjatlar sirasiga kiradigan F.I-1. Kanselyarii Turkestanskogo general-gubernatora, F.I-5 Kanselyariya nachalnika Zarafshanskogo okruga, F.I-1049 ro‘yxati, F.I-125 Kanselyariya Xana Xivinskogo hamda F.R-837 O‘zSSR Ministrlar Soveti, F.M-26. Ministerstvo narodnogo obrazovaniya UzSSR. hujjatlari elektron ko‘rinishga keltirilgan. Hozirgi kunga kelib alohida qimmatli hujjatlar 18505 y.j., 1021987 ta kadr elektron nusxasi yaratilgan.

Arxiv hujjatlarining bibliografik elektron kartotekasini yaratish ishlari hozirgi kunda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, F.R-837 O‘zSSR Ministrlar Soveti, F.R- 94 Narodnыy Komissariat Prosveщyeniya UzSSR Opis № 7, F. M-26. Ministerstvo narodnogo obrazovaniya UzSSR. Opis №1 hujjatlari elektron ko‘rinishga keltirilmoqda. Bu esa tadqiqotchilarga istalgan ma’lumotlarni tez va oson topishda qulaylik yaratadi. Bundan tashqari, xujjatlarning jismoniy holati yomonlashishining oldini olinadi.

Bosma nashrlar saqlovxonasida 29 900 ta nomdagi kitoblar mavjud, ular orasidan tarixiy davrga oid (1917 yilga qadar) bo‘lgan jami 558 ta bosma nashrlar, adabiyotlar to‘plamlar saqlanib kelinmoqda. Bundan tashqari bosma nashrlar saqlovxonasida gazetalar va jurnallar saqlanib, ulardan “Turkestanskiye vedomosti” gazetasi bo‘lib, u 1874 yildan boshlab chop etila boshlagan va 1918 yilda chop etilgan “Izhor ul-haq” nomli jurnal va boshqa davriy matbuot nus’halari hamda zamonaviy gazeta va jurnallar saqlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, Prezident qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Kodekslar to‘plamlari hamda turli sohalarga oid ilmiy uslubiy ko‘rsatmalar, kitoblar, adabiyotlar va lug‘atlar saqlanib kelmoqda.