Hujjatlarni saqlovini ta’minlash laboratoriyasi

Laboratoriyaning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Hujjatlarning jismoniy saqlovini ta’minlashga oid ishlarni tashkil etish;
  • Jismoniy holati buzilgan hujjatlarni ta’mirlash, restavratsiya qilish va muqovalash ishlarini olib borish;
  • “Hujjatlarni muhofaza qilishni ta’minlash” bo‘limi bilan hamkorlikda birinchi navbatda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan fondlar ro‘yxaatini tuzishda ishtirok etish;
  • Hujjatlarni ta’mirlash masalalariga doir ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ularni ishga tadbiq etish;
  • Hujjatlarning jismoniy saqlovini ta’minlash masalalari bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Laboratoriya yo‘nalishi bo‘yicha shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish ishlarida ishtirok etish.

Laboratoriya o‘ziga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Restavratsiya va muqovalash uchun berilgan buyurtmalarni qabul qilish va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib olish;
  • Saqlovxonalardan ta’mirlash, restavratsiya va muqovalash uchun berilgan yig‘majildlarni varaqlab tekshirib chiqish;
  • Buyurtmaga berilgan yig‘majildlarni ro‘yxatdagi soni bilan muvofiqligini tekshirish;
  • Ta’mirlangan, restavratsiya qilingan hujjatlar hamda mikrofilm qilingan yig‘majildlarni muqovalash;
  • Buyurtma bo‘yicha ta’mirlash, tikish, restavratsiya qilish va muqovalash ishlari bajarilgandan so‘ng yig‘majildlarni saqlovxonaga topshirish;
  • Tozalik kunlarini o‘tkazish, jihozlar va uskunalardan to‘g‘ri foydalanish qonun-qoidalariga amal qilish;
  • Favqulotda holatlarda o‘rnatilgan tartibda yig‘majildlarni himoyaga tayyorlash va xavfsiz joyga olib o‘tishni tashkillashtirish;
  • Hujjatlar saqlanishini ta’minlash ishining borishi va holatini tahlil qilish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • Laboratoriya ishini zamonaviy asosda tashkil etish yo‘llarini izlash va ushbu yuzasidan rahbariyatga asosli takliflar kiritish;
  • Hujjatlarni ta’mirlash jarayonida ularga e’tiyotkorona munosabatda bo‘lishni ta’minlash;
  • laboratoriya xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish;
  • Hujjatlarini qoniqarsiz jismoniy holatda deb hisoblash va shoshilinch tartibda maxsus ishlov berishni tashkil etish uchun arxiv rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • Arxiv rahbariyati va boshqa maslahat organlariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Laboratoriya ishini “Hujjatlarni muhofaza qilishni ta’minlash” bo‘limi bilan muvofiqlashtirish.