Joriy yilning 28 avgust kuni “Innovatsiya boshqaruvi” bo’yicha seminar bo’lib o’tdi

75

2019 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Innovatsiya boshqaruvi” bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi ishlari bo’yicha va Kelajak Vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining davlat organi vakillari uchun tashkillashtirildi. Bu seminarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi xodimi Abduraximova Shaxnoza Asatullaevna ham ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningdan ko’zlangan maqsad – davlat boshqaruvi organlari xodimlarining innovatsiyalar sohasidagi malakasini oshirish. Trening natijalariga ko’ra vazirlik va idoralarda innovatsiyalarni joriy qilish bo’yicha mas’ul xodim lavozimi joriy qilinishi kutilmoqda.

O'rtoqlashing