MDAda xodimlar uchun yangi yil arafasida yangi yil tuhfasi sifatida ko‘rkam va shinam oshxona ochildi.

31

Bugungi  kunda barcha davlat muassasalari ish faoliyatini rivojlantirishda xodimlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar alohida ahamiyat kasb etadi. Хususan, 19 dekabr kuni MDA da ham barcha tarkibiy bo‘limlar xodimlari uchun  yangi yil arafasida yangi yil tuhfasi sifatida ko‘rkam va shinam oshxona ochildi.

Arxiv oshxonasiga zamonaviy jihozlar va xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlari, yurtimizda sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishlari uchun so‘nggi rusumdagi televizor uskunasi ham o‘rnatildi. Yaxshi dam  mehnatga hamdam deganlaridek, bularning barchasi sohani yanada rivojlantirishga, arxiv xodimlarining ish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan sa’yi harakatlar natijasidir.

Shuningdek, MDA o‘z faoliyati davomida Respublikamizning nufuzli Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, mustaqil-izlanuvchi ilmiy tadqiqotchilari hamda tinglovchilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bunday zamonaviy oshxonaning ochilishi nafaqat arxiv xodimlari, balki tadqiqotchi, tinglovchilar uchun ham qulay sharoitlarning yaratilishidan dalolatdir. Olib borilayotgan bunday sa’yi harakatlarning barchasi  xodimlarning yanada samarali faoliyat olib borishida keng imkoniyatlaryaratmoqda.