O‘zbekiston Milliy arxivi hujjatlari ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda

100

Oʼzbekiston Milliy arxivi fondi nafaqat Oʼzbekiston boʼyicha balki Oʼrta Osiyo boʼyicha ham juda boy, qadimiy va keng kamrovli ekanligi tan olingan. Bir qancha tadqiqotchilar oʼz ilmiy izlanishlari orqali turli fondlardagi maʼlumotlarni yoritib kelmoqdalar, hususan OʼzMАning ilmiy xodimlari ham bu izlanishlardan chetda qolmagan. Xozirda ilmiy xodimlar tomonidan muhim tarixiy sanalarning asl hujjatlarini oʼrganish va ularni omaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali yoritish ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xususan “Oʼzbekiston tarixi” kanali bilan hamkorlikda shonli sanalardan biri boʼlmish Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul kilinganiligi munosabati bilan ilmiy xodimlar G.А. Kasimova va M.I. Salomovalar ishtirokida “Konstitutsiyaning yaratilish tarixidan” deb nomlanuvchi koʼrsatuv tayyorlandi.

O'rtoqlashing