O’zbekiston Milliy Arxivida Yangi yil shukuhi

191

Yangi yil bayrami – har bir tashkilotda intizorlik bilan kutiladigan voqea, chunki bu kundalik tashvishlardan chalgʼish, dam olish va yoqimli muhitda hamkasblar bilan suhbatlashish uchun yaxshi sababdir. 2019 yil 28 dekabr kuni Oʼzbekiston Milliy arxivining doʼstona jamoasi poytaxtimizning shinam restoranlaridan birida Yangi yil bayramini nishonladilar. Yangi yil tadbirini tabrik soʼzlari va iliq tilaklari bilan OʼzMAning direktori Zakirova Dilbar Taxirovna, direktor oʼrinbosari Maxkamov Alijon Vaxobovich va boʼlim mudirlari ochib berdilar. Ularning ilhomlantiruvchi nutqlarida oʼtgan yilda amalga oshirilgan ishlarning yutuqlari va natijalari qayd etildi va kelgusi 2020 yil uchun rejalar aytib oʼtildi.

Taʼkidlash joizki, arxivning yosh mutaxassislari ham bayramni tashkillashtirishda oʼzlarining tashabbuslarini namoyish etishdi va barchaga gʼayrat bagʼishlovchi quvnoq sahna koʼrinishlari va sovgʼali tanlovlarni tayyorladilar. Hamkasblar bilan yoqimli suhbat, bayramona dasturxon va raqslar arxiv xodimlarida aʼlo kayfiyat va ijobiy his-tuygʼularni qoldirdi

O'rtoqlashing