O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxividan delegatsiya tashrif buyurdi…

31

2018 yil 5 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxiv rahbari o‘rinbosari Majid Sultan Al-Mexairi boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiyaning arxivga tashrif buyurishidan asosiy maqsad respublika arxivlarining bugungi kundagi faoliyati, uning qo‘lga kiritgan yutuqlari, Milliy arxiv fondi hujjatlari shuningdek, arxivimizda saqlanayotgan o‘zining boy tarixiy axamiyatiga ega bo‘lgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar bilan yaqindan tanishish. Shu maqsadda Delegatsiya a’zolari uchun O‘zR MDAning tarixiy hujjatlar saqlovxonasida kichik ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada islom tarixiga oid bo‘lgan o‘ta qimmatli hujjatlar, vaqf hujjatlari kolleksiyasi, YUneskoning “Jaxon xotirasi” dasturiga kiritilgan “Xiva xonlari arxiv hujjatlari” ilmiy xodimlar N.Mirzaev, D.Vahobov, A.Yаxshiboevlar tomonidan arab va ingliz tillarida tanishtirildi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zR MDAning “Davlat hisobi va ilmiy axborot apparati bo‘limi”da hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganligi bilan qiziqdilar.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari “Hujjatlarni ta’mirlash laboratoriyasi”da arxiv hujjatlarni ta’mirlash jarayoni hamda foydalaniladigan asbob-uskunalar bilan tanishdilar.

Tashrif yakunida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan almashdilar. Uchrashuv do‘stona vaziyatdabo‘lib o‘tdi