O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiviga Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxividan delegatsiya tashrif buyurdi

160

2019 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy arxivida «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori U.YUsupov rahbarligida Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi direktori Majid Sulton Alimexiriy va BAA Oliy Kengashidan vakil Umar Al-Ka’biy boshchiligidagi Birlashgan Arab amirliklari delegatsiyasi rasman kutib olindi. Agentlikda Prezident Administratsiyasi arxivi raxbari A. Mengliev, agentlik raxbariyati, Milliy arxivlar raxbarlari ishtirokida dastlabki muzokaralar o‘tkazildi.

Delegatsiyaning arxivga tashrif buyurishidan asosiy maqsad Respublika arxivlarining bugungi kundagi faoliyati, uning qo‘lga kiritgan yutuqlari, Milliy arxiv fondi hujjatlari shuningdek, arxivimizda saqlanayotgan o‘zining boy tarixiy axamiyatiga ega bo‘lgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar bilan yaqindan tanishish. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivining “Davlat hisobi va ilmiy axborot apparati bo‘limi”da hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) bo‘yicha olib borilayotgan ishlari hamda faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganligining guvohi bo‘ldilar va “Hujjatlarni ta’mirlash laboratoriyasi”da arxiv hujjatlarni ta’mirlash jarayoni, foydalaniladigan asbob-uskunalar bilan tanishdilar, raqashlashtirish va restavratsiya bo‘yicha maslahatlar, master klasslar o‘tkazdilar va tajriba almashishdilar.

O'rtoqlashing