O‘zbekiston Respuplikasi Markaziy Davlat Arxivida “O‘zbek fan va madaniyati taraqqiyoti darg‘alari: YA.G‘ulomov, M.Ahunova, S.SHamsieva, N.Ostroumov” larning xayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

30

O‘zbek millatining azaliy an’analaridan biri ajdodlar xotirasini doimo yodda saqlab, ularning hurmatini joyiga qo‘yish, yosh avlodga ularning ma’naviy merosini etkazishdir. Barchamizga ma’lumki, bizning diyorimizda dunyo tan olgan, o‘zining ilmi, ma’naviy merosi bilan yuksak qadrlanuvchi, o‘zbek fan va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan yirik mutafakkirlar, olim-u, fuzalolar etishib chiqqandirlar. SHunday buyuk shaxslar, fan va ta’lim, madaniyat va san’at arboblarining faoliyatiga oid bo‘lgan qimmatli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining “shaxsiy fondi”da saqlanib kelinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 200 dan ziyod shaxsiy fond hujjatlari saqlanadi. Ular turli soha vakillari, fan, madaniyat, san’at, adabiyot, ta’lim, tibbiyot,  ishlab chiqarish va boshqa sohalarning etuk namoyondalari, davlat arboblarining yig‘ma jildlaridir. SHu o‘rinda aytib o‘tishimiz joizki, arxivning shaxsiy fondlaridan O‘zbekistonning birinchi irrigatori Maqsud Xodjaev, O‘zbekiston respublikasi xalq rassomi Lutfulla Abdullaev, «Saodat» jurnali tashkilotchisi Saodat SHamsieva, filologiya fanlari nomzodi, yozuvchi va tarjimon G‘anijon Jaxongirov, etnograf Karim SHoniyozov, O‘zbekiston xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova, O‘zbekiston xalq yozuvchilari Hakim Nazir, Ibrohim Rahim, Nazir Safarov va boshqa, qator shaxsiy va oilaviy fondlar o‘rin olgan.

So‘nggi yillarda ham arxiv fondi bir qancha yangi hujjatlarni bag‘riga oldi. Jumladan, 2013 yilda O‘zbekiston xalq shoirasi Oydin Xojievaning 1971-2013 yillarga oid hujjatlari, shuningdek, 2016 yilning dekabr oyida elimizning suyukli ijodkorlari O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad hamda shoira Saida Zunnunovaning kitoblari, qo‘lyozmalari, fotosuratlari, hikoyalari va boshqa ko‘plab hujjatlari qabul qilindi. Ushbu shaxsiy fondlar arxivni boyitibgina qolmay, ko‘p sonli adabiyot ixlosmandlari, tadqiqotchilar uchun ham ayni muddao bo‘ldi. O‘z davrining etuk namoyondalari qoldirgan merosni sifatli saqlash borasida so‘nggi paytlarda soha xodimlari yangidan-yangi tizimli chora-tadbirlarni faoliyatga tatbiq etishmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda hamda mutafakkirlar xotirasini yana bir bora yod aylash maqsadida 2018 yili 12 dekabrda O‘zR MDAning “Rejalashtirish va tashkiliy metodik ishlar bo‘limi” tomonidan “O‘zbek fan va madaniyati taraqqiyoti darg‘alari: YA.G‘ulomov, M.Ahunova, S.SHamsieva, N.Ostraumov” larning xayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Barcha qiziquvchilarni ushbu tadbirimizda ishtirok etish uchun taklif etamiz.