O`zR MDA o`quv zali faoliyatidan

96

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi o‘quv zali har qachongidan ham gavjum. 2019 yil davomida tariximizning barcha jabhalarida ro‘y bergan voqeliklarni yorituvchi ilm axli – tadqiqotchilar soni ancha yuqori. Bu yil tadqiqotchilar soni yarim yillikda 1400 dan oshib ketdi. Ularga taqdim qilinayotgan hujjatlar soni ham har yilgiga qaraganda ortgan. Eng quvonarlisi, so‘nggi yillarda tadqiqot mavzulari turli yo‘nalishlarda bo‘lib, ularning arxiv materiallari asosida yoritilishi – xali o‘rganilmagan arxiv hujjatlarining ochilishiga, tarixning yangi qirralarini namoyon etilishiga turtki bo‘lmoqda. Shu o‘rinda tadqiqotchilar soni yosharib borayotganligini ham alohida e’tirof etish muhim.

O'rtoqlashing