O‘zR MDAning jamlash manbalarida arxiv ishi va ish yuritish

115

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining  “Hujjatlarni jamlash, idoraviy arxivlar va ish yuritish” bo‘limi  xodimlari tashkilotlarning idoraviy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni saqlanish holatini nazorat qilib, tashkilotlarda ish yuritish va arxivlarni shakillantirishda uslubiy yordam ko‘rsatib keladi.

Joriy yilning 23 iyul kuni ushbu bo‘limning 1-toifali arxivchisi Solomova Mahzuna uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zR MDAning jamlash manbaiga kiritilgan tashkilotlardan biri “O‘zagroservis” Aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

Tashrif davomida ish yuritish va arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar, hujjatlarni jamlanishi, ularning idoraviy saqlanish holati, hujjatlarni  ilmiy-texnik jixatdan tartibga keltirish,   idoraviy saqlov muddati o‘tgan hujjatlarni davlat saqloviga topshirish masalalari ko‘rib chiqildi va o‘rganildi.

O'rtoqlashing