Rejalashtirish va tashkiliy-metodik ishlar bo‘limi

Ushbu bo‘lim 1983 yildan Markaziy davlat arxivi qoshida “Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar” bo‘limi nomi ostida tashkil etilgan bo‘lib, 1987 yildan boshlab “Rejalashtirish va tashkiliy-metodik ishlar” bo‘limi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda bo‘limda 1 nafar fan doktori, 3 nafar katta ilmiy xodim va 4 nafar ilmiy xodim lavozimida oliy ma’lumotli mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Bo‘lim xodimlari tomonidan O‘zR MDA va uning tarkibidagi bo‘limlar asosiy ish faoliyatlariga oid Nizomlar, lavozim yo‘riqnomalari, buyruqlar, bildirgilar, bayonnomalar, chora – tadbirlar va nazorat rejalari kabi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.

O‘zR MDAda ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy tajribalarning samarasi hamda sifatini ko‘tarish maqsadida bo‘limning ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy-uslubiy ishlar ham olib boriladi. Ilmiy-uslubiy ishlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud:

  • arxiv xodimlari lavozim yo‘riqnomalari, uslubiy tavsiyanomalar, eslatmalar, sharhlar, uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
  • arxivning ekspert-uslubiy tekshiruv komissiyasi (ETUK) va Mexnatni ilmiy tashkil etish kengashi (MITEK) yig‘ilishlarida ilmiy-uslubiy ishlanmalarni muhokama etish va ma’qullash;
  • ilmiy-uslubiy ishlarning ilg‘or tajribalarini umumlashtirish va arxiv ishi amaliyotiga joriy etish;
  • arxiv xodimlariga maslahatlar berish va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • ilmiy ommabop maqola va risolalarni chop ettirish.

Shuningdek, bo‘lim hodimlari O‘zR MDAning tarixiy davrga oid bo‘lgan arab, fors yozuvidagi fondlar hujjatlarini aniqlab ajratib olish, ularning ilmiy va tarixiy ahamiyatidan kelib chiqib, chop etish hamda YUNЕSKOning ro‘yxatiga kiritish ishlari bilan ham shug‘ullanadilar.

Tashkiliy-uslubiy ishlar

  • Arxivning yillik ish rejalarini shakllantirish;
  • Arxivning choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlarini tayyorlash;
  • Arxiv ishini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalari, dasturlar hamda ma’lumotnomalarni tayyorlash;
  • Arxiv sohasiga oid turli mavzulardagi taqdimotlarni tayyorlash;
  • Me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflar berish.

Me’yoriy-uslubiy ishlar

  • Arxiv xodimlari lavozim yo‘riqnomalari, uslubiy tavsiyanomalar, eslatmalar, sharhlar, uslubiy ko‘rsatma hamda o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
  • Me’yoriy-uslubiy ishlarning ilg‘or tajribalarini umumlashtirish va arxiv ishi amaliyotiga joriy etish;
  • Arxiv xodimlariga maslahat berish va uslubiy yordam ko‘rsatish.

Ilmiy-tadqiqod ishlari

  • Ilmiy -ommbop maqolalar chop etish;
  • Fundamental va amaliy grantlarda ishtirok etish.

Ilmiy-amaliy anjumanlar

  • Respublikada o‘tkaziladigan arxiv ishi va ish yuritishga oid konferensiya va anjumanlarda ishtirok etish;
  • Arxiv ishi va ish yuritishga oid konferensiya va anjumantarni tashkil etish va o‘tkazish.

Xalqaro hamkorlik aloqalari

  • Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan arxiv ishi va ish yuritishga oid konferensiya va anjumanlarda ishtirok etish;
  • Xalqaro miqyosda arxiv ishi va ish yuritishga oid konferensiya va anjumantarni tashkil etish va o‘tkazish;
  • Xodimlarning sohaga oid xorijiy mamlakatlar ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish bo‘yicha malakasini oshirish va faoliyatda qo‘llash.

Bo‘lim hayotidan

Mustaqillik yillarida bo‘lim xodimlarining O‘zR MDAdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha erishgan yutuqlaridan biri arxivning tashkil etilishi tarixi, arxiv ishining shakllanishi hamda rivojlanishiga oid ilmiy-uslubiy qo‘llanma va risolalarning nashr ettirilganligidir. Jumladan, “Stanovleniya i razvitiya arxivnogo dela v Uzbekistane” (O‘zbekistonda arxiv ishining shakllanishi va rivojlanishi, 2012 y.) monografiyasi, O‘zR MDAning tarixiga bag‘ishlangan “Zerkalo istorii” (Tarix ko‘zgusi, 2015 y.) risolasi, “Davlat arxivlarida hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishga oid” uslubiy ko‘rsatma, “Xususiy mulk, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ish yuritish va arxiv ishini tashkil etish bo‘yicha” uslubiy tavsiyalar hamda “Idoraviy arxivlar faoliyatini tashkil etish asoslari” maxsus o‘quv seminar-trening tinglovchilari uchun Ma’lumotnoma (o‘zbek va rus tillarida), Istoriya obrazovaniya v arxivnыx istochnikax (po materialam SGA RUz). Tom I. (1867-1917 gg.) (2015 y.), Istoriya obrazovaniya v arxivnыx istochnikax (po materialam SGA RUz). Tom II. (1917-1991 gg.) (2015 y.)larning chop etilganligidir.

O‘zR MDAda bugungi kunda respublikamizdagi arxiv muassasalari bilan bir qatorda Xalqaro arxiv muassasa va tashkilotlari bilan keng miqyosda hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. 2016 yil 30 martida O‘zR MDAning “Xiva xonlari arxiv hujjatlari” nomli I-125 fondi hujjatlari YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturiga jahon miqyosida tan olinishi uchun nomzodnoma sifatida tayyorlanib, taqdim etildi va u 2017 yilda mazkur tashkilot tomonidan ma’qullandi va 2018 yil 22 may kuni “Poytaxt” biznes-markazida YUNЕSKO sertifikatining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

2017 yil 30 martida O‘zR MDAning “Buxoro Qushbegi arxiv hujjatlari” nomli I-126 fondi hujjatlari YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturiga jahon miqyosida tan olinishi uchun nomzodnoma sifatida tayyorlanib, taqdim etildi.

2017 yil 27 sentyabr kuni “Poytaxt” biznes-markazida “Arxivlar va moddiy-madaniy meros obyektlari: integratsiya jarayonlari, muammolar va ularning yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi.

Bo‘lim xodimlari tomonidan qo‘yidagi ilmiy maqolalar tayyorlanib chop etilgan

  1. Bo‘lim mudiri S.Muxamedova

a) Istoriograficheskiye aspektы nauchnoy deyatelnosti Musadjana Saidjanova iz Buxarы / “Arxivlar va moddiy-madaniy meros obyektlari: integratsiya jarayonlari, muammolar va ularning yechimlari” respublika ilmiy amaliy seminari to‘plami. Toshkent – 2017 yil. 129-131 b.

b) Rol Musы Saidjanova v razvitii ekonomicheskoy i finansovoy jizni Buxarskoy Narodnoy Sovetskoy Respubliki / “Istoricheskiy jurnal: nauchnыye issledovaniya” jurnali, 2-son.

v) Tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganishda arxiv hujjatlarining ahamiyati (Muso Saidjonov ilmiy faoliyati misolida) / “Fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida Internet va kutubxona-axborot resurslaridan foydalanish” mavzu-sidagi 12-Xalqaro konferensiyasi materiallari to‘plami. Termez-2018.

g) HISTORY AND THE INDIVIDUAL / IJDR, India / 2018 y.

  1. Bo‘lim katta ilmiy xodimi t.f.d., dotsent M.Isakova

a) “Mirovoye arxivnoye naslediye Uzbekistana”, “INFOLIB” – axborot-kutubxona xabarnomasi jurnalining 2018 yil № 2-sonida;

b) “Korxonalarda hujjatlarni yuritish va arxivlashtirishga doir me’yoriy talablar”, “Kadrlarga doir ma’lumotnoma” jurnalining 2018 yil № 2-sonida.

  1. Bo‘lim katta ilmiy xodimi Sh.Davurova

a) Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rganishga oid yozishmalar tahlili”, Toshkent davlat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etildi. (Toshkent: JIDU, 06.04. 2018 y. – B. 129-133);

b) “Buxoro amirligi tarixnavisligiga oid ayrim manbalar tavsifi”, O‘z MUning 100 yilligiga bag‘ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etildi. (Toshkent: Universitet, 25.04. 2018 y. – B. 115-121);

v) “Buxoro amirligiga oid manbalarda mansab va lavozimlar haqidagi ayrim ma’lumotlar”, O‘zR FA Tarix institutida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etildi.( Toshkent, 23.05. 2018 y. – B. 150-158).

  1. Bo‘lim ilmiy xodimi D.Vahobov

a) “O‘zR MDAdagi tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish masalalari” Qoraqalpog‘iston 8 iyun.

b) “Markaziy davlat arxividagi “Xiva xonligi hujjatlari” to‘g‘risida” O‘z MUning 100 yilligiga bag‘ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etildi.(Toshkent: Universitet, 25.04. 2018 y.)

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik hizmatlar

Geneologik xarakterdagi tarxiy ma’lumotlarni tuzish;

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) yuzasidan mavzuli so‘rovlarni bajarish;

Mulkiy huquqni aniqlash (tasdiqlash) haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish yuzasidan so‘rovni bajarish.

Hamkorlik

1999-2004 yillar Malayziya davlatining Milliy arxivi;

2003 yil iyul oyidan boshlab, AQSHning “Xolokost” Amerika Memorial Soveti va uning Vashingtondagi muzeyi;

2008 yildan Koreya hukumatining “KOICA” grand dasturi asosida;

2009-h.k.q. Halqaro arxivlar qo‘mitasining “Yevroosiyo” hududiy bo‘linmasi;

2011-2013 yillarda Germaniya davlati M.Lyuter nomidagi Universitetning sharqshunoslik instituti;

2014 yildan Turkiya davlatining “TIKA” agentligi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelinmoqda.