Toshkentda “InnoWeek – 2019” innovatsion gʼoyalar haftaligi boshlandi

250

29-oktabr kuni «Oʼzekspomarkaz» milliy koʼrgazma majmuasida “InnoWeek – 2019” haftaligi boshlandi. Uning asosiy maqsadi yangi ichki va xorijiy texnologiyalarni namoyish etish, aholi turmush darajasini yaxshilash va eng yangi texnologiyalarni almashish orqali mamlakat iqtisodiyotiga foydali boʼlgan yangi investitsiya imkoniyatlarini jalb qilishdir.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida oʼtkaziladigan innovatsion va sarmoyaviy forum va robototexnika boʼyicha xalqaro chempionatida Oʼzbekiston Milliy arxiv xodimlari Vahobov Dilshod va Rayimjonov Diyorbek faol ishtirok etmoqdalar.

Ushbu innovatsion haftalik barcha ishtirokchilar uchun oʼz gʼoyalarini hayotga samarali tatbiq etishda noyob platforma boʼlishini vaʼda qilmoqda.

O'rtoqlashing