Davlat arxivi huzuridagi ho‘jalik hisobidagi xizmat ko‘rsatish xodimlari guruhi

Asosiy vazifalari

  • Davlat arxivining jamlash manbai hisoblangan asosiy, qo‘shimcha va ehtimoliy ro‘yxatlarga kiritilgan hamda jamlash manbaiga kiritilmagan tashkilot, muassasa va korxonalarning hujjatlarni tartibga keltirish, ya’ni qimmatliligini aniqlash bo‘yicha ekspertizasini o‘tkazish, ilmiy-texnikaviy ishlov berish va natijalarini rasmiylashtirish;
  • tashkilotlarda mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli doimiy saqlanuvchi va shaxsiy tarkib hujjatlari, uzoq va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarning ro‘yxatlarini tuzish;
  • tartibga keltirilgan hujjatlarga tarixiy ma’lumotnomalar hamda ularning ro‘yxatiga muqaddimalar tuzish;
  • hujjatlarning saqlov muddatlarini aniqlashda va ish yuritish tizimini takomillashtirishda ishtirok etish.

Funksiyalari

  • Shartnoma asosida tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishga oid ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tegishliligi bo‘yicha Ekspert tekshiruv-uslubiy komissiyasiga taqdim etish;
  • arxiv sohasi doirasida pulli xizmatlarni amalga oshirish;
  • tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish;
  • arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ularni amalda joriy qilish.

Guruh tomonidan 2018 yilning yarim yilda Markaziy davlat arxivining jamlash manbasiga kiritilgan 13 ta tashkilotlarni jami: 9137 s.b. doimiy hamda 1432 s.b. shaxsiy tarkib hujjatlari tartibga keltirilib Markaziy davlat arxivining ETUKga takdim etildi.